Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belgiya bosh vaziri o‘rinbosari Petra de Sutter Nieuwsblad gazetasiga bergan intervyusida Belgiya hukumatini Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishga, G‘azo sektoridagi shifoxonalar va qochqinlar lagerlarining bombardimon qilinishini tekshirishga chaqirdi.

“Isroilga qarshi sanksiyalar joriy qilish vaqti keldi. Bu bombalar yomg‘iri g‘ayriinsoniydir”, — dedi de Sutter.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Isroil bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan hamkorlik shartnomasini darhol to‘xtatishi kerak.

Foto: BBC

Petra de Sutter, shuningdek, bosib olingan Falastin hududlaridan import qilishni taqiqlash va urush jinoyatlarida aybdor zo‘ravonlar, siyosatchilar va askarlarning Yevropa Ittifoqiga kirishini taqiqlash zarurligini aytdi.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga portlashlarni tergov qilish uchun ajratiladigan mablag‘ni oshirishi, shu bilan birga HAMASga pul oqimini kamaytirishi kerak.

“Bu terrorchi tashkilot. Terror juda qimmatga tushadi. HAMASni pul bilan ta’minlovchi kompaniyalar va odamlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi kerak”, — deydi de Sutter.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »