Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Ayni vaqtda Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirlari kengashini ta’sis etishni taklif qildi.

Kadr: “O‘zbekiston 24”

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu hamkorlik masalalarini muhokama qilish va ishlarni tizimli asosda olib borish uchun zarur. Shuningdek, prezident O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarishda ilk qadamlar qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahudov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda 2023-yilning o‘zida 2 gigavattga yaqin yangi qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ishga tushirilishini bildirdi.

“Bu — quyosh, shamol va gidroenergetika loyihalari. Yil yakuniga qadar 80 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradigan bo‘lsak, keyingi yilda 5,5 milliard kVt/soat yangi loyihalardan tushadigan quvvatlar hisobidan amalga oshiriladi. 2030-yilga borib 120 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan bo‘lsak, shuning 40 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari tashkil etadi”, — deydi Mirzamahmudov.

Shuningdek, energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, Boku shahrida “Yashil energiya” bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning ofisi tashkil etiladi. Ushbu ofisda texnologiyalarning rivojlanishi, energiya balansdagi ulushi, “yashil energiya” bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirilib, istiqbolli bozorlarga birgalikda chiqish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »