Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ygandi. Tuzatishlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilish ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilmoqda. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvilining Spot ga ma’lum qilishicha, Markaziy bank tomonidan taklif etilayotgan valyutani tartibga solishdagi o‘zgartirishlar mamlakatda investitsiya muhiti va xorijiy investorlarning O‘zbekiston fond bozoriga kirishi uchun katta xavf tug‘diradi.

“Taklif etilayotgan qo‘shimcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinsa, xorijda valyuta sotib olish va olib chiqish tartibi juda murakkablashadi — u hozir ham oson emas. Natijada fond bozorimiz jiddiy xorijlik investorlar uchun eshiklar yopiladi. Birorta normal investor valyuta xaridi va uni yechib olishda ko‘plab murakkab hujjatlarni talab etiladigan bozorga kirishni xohlamaydi”, — deydi u.

Paresishvilining so‘zlariga ko‘ra, xorijiy investorlar tomonidan valyuta konvertatsiyasi va daromadlarni repatriatsiya qilish jarayonini murakkablashtirish investitsiya muhitiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, chunki kapitalni olib chiqib ketish yo‘lidagi to‘siqlar mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini kamaytiradi. Valyuta xaridi va kapitalni olib chiqib ketishdagi cheklovlar oqibatida O‘zbekiston shunchaki xorijiy investitsiyalardan mahrum bo‘lishi mumkin.

“Gaykalarni qotirish, investorlarga chet el valyutasini sotib olish va o‘z daromadlarini mamlakatdan olib chiqishni qiyinlashtirish noto‘g‘ri. Markaziy bankdagilar biz taqiqlamayapmiz, shunchaki qo‘shimcha hujjatlar so‘rayapmiz deyishi mumkin. Ammo bu aslida cheklovga olib keladi, chunki byurokratiya yanada murakkablashadi va investorlarga mamlakatdan pul mablag‘larini konvertatsiya qilish hamda chiqarishida qo‘shimcha xarajatni yuzaga keltiradi”, — deya qo‘shimcha qiladi Paresishvili.

Fond birjasi rahbarining taʼkidlashicha, mahalliy bozor ishtirokchilari va xorijiy investorlar Markaziy bank tomonidan taklif etilayotgan o‘zgarishlarni valyuta liberallashuvidan qaytishning dastlabki belgisi sifatida qabul qilmoqda. U mazkur loyihani bozor ishtirokchilarining barcha fiklarini inobatga olgan holda har tomonlama muhokama qilinishi kerakligini aytdi.

“Har qanday mamlakatda investorlar oldindan progonozlar aniq bo‘lishini yaxshi ko‘radi va aksincha, ular “syurpriz”lar va oldindan aytib bo‘lmaydigan harakatlarni yoqtirmaydi. Ular bir kunga emas, balki uzoq muddatga investitsiya muhiti va mamlakatdagi tartib-taomillar uzoq vaqt yomonlashmaydi degan umidda sarmoya kiritadi”, — deydi mutaxassis.

O‘z navbatida, moliyaviy tahlilchi Karen Srapionovning ta’kidlashicha, har qanday cheklovlar valyutaga bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi, chunki odamlar 2017-yilgacha mamlakatda bo‘lgan muammolarni yodidan chiqarmagan va hamon ortga qaytishdan qo‘rqadi.

Shuningdek, u O‘zbekistonda noaniqlik yuzaga kelsa, investorlar o‘zlariga ko‘proq sodiq bo‘lgan boshqa davlatlarga sarmoya kiritishni afzal ko‘rishlarini ta’kidladi.

Portfolio Investments investitsiya kompaniyasi bosh direktori Munir Yoqubov Markaziy bank tomonidan taklif etilayotgan chora-tadbirlarni bugungi voqelikda O‘zbekiston bozori uchun cheklovchi deb atadi.

“Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ma’lumotlar, shu jumladan, auditorlik hisobotlari o‘z vaqtida va sifatli oshkor etilishi ustidan davlat tomonidan nazorat yo‘q. Hatto mamlakatdagi eng yirik aksiyadorlik jamiyatlari ham qonun talabiga binoan IFRS hisobotlari va auditorlik hisobotlarini e’lon qilmaydi. O‘zbekistondagi mahalliy kompaniyalar hisobotlarni e’lon qilish va o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tishni boshlamaguncha, xorijliklar tomonidan valyutani repatriatsiya qilish bo‘yicha audit talabini joriy etish — bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deydi u.

Portfolio Investments rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozir ham O‘zbekiston investorlar tomonidan xavfsiz boshpana sifatida qabul qilinmayapti va valyuta nazoratini kuchaytirish investitsiya muhitini yaxshilashga yordam bermaydi.

Avvalroq mazkur hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar valyuta operatsiyalarini cheklash yoki qatʼiylashtirishni emas, balki amalda mavjud normalarga aniqlik kiritish, ayrim operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini yanada soddalashtirish, tarqoq normalarni umumlashtirishni nazarda tutayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »