Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Mudofaa vazirligi “Nayza-3” (ivritchada “Xes-3”) raketaga qarshi majmuasini jangovar harakatda ilk bor qo‘lladi. Undan Qizil dengiz uzra uchirilgan havo nishonini tutib qolishda foydalanilgan.

Foto: Isroil Mudofaa vazirligi

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 9-yanvar kuni kechasi Isroil tomon uchirilgan raketa tutib qolingan. “Bu qurollanishga 2017-yilda kelib tushgan ‘Nayza-3’ tizimidan birinchi marotaba tezkor foydalanish holati”, — deyiladi xabarda.

“Nayza-2” va “Nayza-3” majmualari Isroilning “Temir gumbaz” nomli ko‘p qavatli havo hujumidan mudofaa tizimiga kiradi. “Xes-2” uchish masofasi 1,5 ming kilometrgacha bo‘lgan ballistik raketalarni, “Xes-3” bo‘lsa 2,4 ming kilometrdan uzoqqa uchadigan raketalarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Shuningdek, hozirda kosmosdagi raketalarni tutib qolishga mo‘ljallangan “Xes-4”ni yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq HAMASning “Al-Qassam” brigadalari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri Isroilning 136 ta harbiy texnikasini yo‘q qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, AQShga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorining shimolidan janubigacha ikkita gumanitar yo‘lak ochishga, shuningdek, harbiy amaliyotlarda har kuni to‘rt soatlik tanaffus qilishga rozi bo‘lgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »