Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari 10-noyabr kechasi Ukraina hududiga oltita Shahed-136/131 kamikadezde dronlarini, shuningdek, X-31 va X-59 boshqariluvchan aviatsiya raketalari bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Ukraina Havo kuchlari qo‘mondonligi

Ukrainalik harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari Krasnodar o‘lkasi, raketalar esa Xerson viloyatining egallab olingan hududidan uchirilgan.

Beshta dron va X-59 raketasi Dnepropetrovsk, Xarkov, Nikolayev, Poltava va Kiyev viloyatlarida urib tushirilgani aytilmoqda.

Kechasi uyushtirilgan hujum sabab Ukrainaning qator viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilingan. Kiyev viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan. Viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning ma’lum qilishicha, Kiyev viloyatidagi havo makonida dronlar aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi urib tushirilgan.

Bundan tashqari, Ukraina IIV Cherkasi viloyatida ham bitta dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Fuqarolarga jarohat yetmagan.

Avvalroq Ukraina Oliy radasi prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga — 2024-yil 14-fevralgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »