Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-noyabrga o‘tar kechasi Tambov viloyati Kotovsk shahridagi porox zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi Baza kanali xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Keyinroq yong‘in yuzaga kelganini viloyat FVV ham tasdiqladi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in porox zavodining alohida joylashgan bir qavatli binosida sodir bo‘lgan va 300 kvadrat metr maydonni egallab olgan. Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etgan. Jarohat olganlar yoki yong‘in nima sababdan yuzaga kelgani to‘g‘risida ma’lumot berilgani yo‘q.

BBC rus xizmatining qayd etishicha, bu mazkur zavodda so‘nggi yarim yil ichida sodir bo‘lgan ikkinchi yong‘in. Iyunda zavodda yuz bergan portlash va yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi. Viloyat rahbari Maksim Yegorov o‘shanda yong‘inga inson omili sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi.  

Rossiya qo‘shinlari 10-noyabr kechasi Ukraina hududiga oltita Shahed-136/131 kamikadze dronlarini, shuningdek, X-31 va X-59 boshqariluvchan aviatsiya raketalari bilan hujum uyushtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »