Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha hukumat pozitsiyasi qandayligini ma’lum qildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Siyosatchi Arab davlatlari ligasi (ADL) va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Ar-Riyoddagi navbatdan tashqari qo‘shma sammitida Falastin xalqining tinch va xavfsiz kelajagini taʼminlashning yagona yo‘li BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “Ikki xalq uchun ikki davlat” formulasi ekanini aytdi. 

Murat Nurtleu “Qozog‘iston falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va xalqaro miqyosda tan olingan Falastin davlatini yaratishga bo‘lgan qonuniy huquqlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini” taʼkidladi.

“Qozog‘iston G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan birdamlik ko‘rsatgan va ko‘rsatishda davom etmoqda”, — dedi vazir.

Shuningdek, u Qozog‘istonning G‘azo sektorida bo‘lgan 150 dan ortiq fuqarolari Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali chiqa olmasligidan xavotir bildirdi.

“Fursatdan foydalanib, Misr va barcha manfaatdor tomonlarni Qozog‘iston fuqarolari, ularning oila a’zolari va boshqa xorijliklarni G‘azo sektoridan evakuatsiya qilishga ruxsat berishga chaqiraman. Biz bu fuqarolar Rafah orqali o‘tishga ruxsat berilgan zahoti Qozog‘istonga zudlik bilan evakuatsiya qilinishini ta’minlash uchun choralar ko‘rdik”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »