Sadir Japarov G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) davlat rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 16-sammitida G‘azodagi vaziyat yuzasidan nutq so‘zladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Sadir Japarov IHT makoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berganini aytdi.
“Yaqin Sharqdagi vaziyat va G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni yurakda og‘riq va chuqur hamdardlik bilan kuzatmoqdamiz. Tomonlarni qurbonlar va tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli choralar ko‘rishga, harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va muzokara jarayonini zudlik bilan boshlashga chaqiramiz”, — dedi u.
Bundan tashqari, prezident Afg‘oniston mavzusiga to‘xtalib, ushbu mamlakat xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan mintaqaviy integratsiya iqtisodiy va gumanitar loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar