Qirg‘izistonliklarning 80 foizdan ortig‘i prezidentiga ishonadi — so‘rovnoma
K.Karasayev nomidagi Bishkek davlat universitetida Qirg‘iziston prezidentiga ishonch, shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha respublika sotsiologik so‘rovi o‘tkazildi. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi xabar berdi.
So‘rovdan maqsad ichki siyosat va xalqaro vaziyatning dolzarb masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishdan iborat edi. Sotsiologik so‘rovnoma ma’lumotlarni yig‘ishning ikkita usulini birlashtirgan holda o‘tkazilgan:
- tasodifiy tanlov bo‘yicha telefon orqali so‘rovnoma;
- onlayn so‘rovnoma.
Jarayonda Qirg‘izistonning 7 viloyati va Bishkek shahridan 1 ming 518 respondent ishtirok etgan. Telefon orqali 818 nafar, onlayn so‘rovda 700 kishi qatnashgan. Olingan ma’lumotlar yagona ma’lumotlar bazasida tahlil qilingan.
Sotsiologik so‘rovnoma natijalarida quyidagilar ma’lum bo‘lgan:
Respondentlarning 61 foizi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hokimiyatning qat’iy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Katta yoshdagi respondentlar orasida bu yuqori darajada.
Respondentlarning 80 foizi prezident Sadir Japarovga ishonch bildirgan. 70 foizi uning davrida Qirg‘izistonning xalqaro nufuzi va boshqa davlatlar bilan aloqalari yaxshilanganiga ishonadi.
Shunday qilib, so‘rovnoma Qirg‘iziston aholisi orasida amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlashning ancha yuqori ekanini ko‘rsatdi.