Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 12 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: Videodan kadr

Unda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalarini O‘zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori va IIVning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh aʼzolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni to‘plagan.

Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ular vatanga olib kelindi. Bu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yordam berdi.

IIV mas’ul xodimi Jasur Sharipovning ma’lum qilishicha, olib kelingan bolalarningg yoshi turlicha bo‘lib, yoshga to‘lmagan chaqaloqlar, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 6, 14, 16, 17 yoshli bolalar ham bor,

Turli sabablar bilan qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola Toshkent shahar IIBBning voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga va mehribonlik uylariga joylashtirildi, bolalarga malakali psixologlar yordam ko‘rsatadi.

Bolalarning yaqinlarini topish, ularga sog‘-salomat topshirish ishlari boshlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »