Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yil uchinchi choragi uchun iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamg‘armaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2023-yilning III choragida isteʼmol kayfiyati indeksi (IKI) 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishsiz shakllanib, 24,3 bandni tashkil etgan.

O‘zbekistonliklarning aksariyat qismi mablag‘larini ta’lim (15,8 foiz), uy-joy ta’miri (6,6 foiz), avtomobil (18,2 foiz), davolanish (11 foiz), uy-joy xaridi (3,9 foiz) hamda maishiy texnika xaridiga (6,3 foiz) sarflagan.

Kelgusi oylarda respondentlarning 10,6 foizi pul mablag‘larini uy-joy ta’miriga, 15,3 foizi — ta’limga, 9,6 foizi — avtomobil xaridiga, 8,3 foizi — davolanishga, 7,6 foizi — ko‘chmas mulkka, 8,3 foizi — to‘yga sarflash niyatida.

Kelgusida daromadlari ko‘payishini kutayotganlar ulushi o‘tgan yilning mos davri darajasida shakllanib, 65 foizga teng bo‘lgan. Daromadi oshishini kutayotgan respondentlarning ko‘pchiligi 5-7 million so‘m, 7-10 million so‘mgacha va 10 million so‘mdan yuqori daromadga ega guruhlarga to‘g‘ri kelgan. Daromadi nisbatan pastroq (2 million so‘mgacha va 2-3 million so‘m) bo‘lgan aholi vakillarining kelgusida daromadi ortishi bo‘yicha kutilmalari qolgan daromad guruhlariga nisbatan ijobiy shakllangan.

Mart oyida PMTI ekspertlari O‘zbekistonda insonlarning hayoti davomida iste’mol xarajatlari va daromadlari, o‘zgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi yosh oilalar daromadining asosiy qismini qarz to‘lashga sarflayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »