Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sentyabr oyida Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zaharlangan bolalar soni 71 nafar ekanini bildirgan bo‘lsa, bosh prokuratura Chustda favqulodda holat e’lon qilinganini inkor etgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, holat vazir nazoratiga olingan. O‘z navbatida SSV maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’molini to‘xtatishga ko‘rsatma bergandi.

Amrillo Inoyatov
Foto: “Daryo”

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hisobot berdi, “Antistrumin” voqeasiga to‘xtalib o‘tdi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Antistrumin” voqeasini ham vazirlik 100 foiz tan olmoqda. Normadan ortiq berilganini bildirmoqda. Bu holat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masʼul xodimlar qonun oldida javob yerishni boshlamoqda va javob beradi ham.

Bundan buyog‘iga bunday holatlar bo‘lmasligiga shaxsan vazir sifatida bo‘ynimga olib, butun tizimiz bilan birgalkida bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kurashamiz. Bunday holatga yo‘q qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Tan olib aytaman bu bizni kech bilganimiz va xatomiz”, — dedi Amrullo Inoyatov.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova bolalarda kuzatilgan noxush holat dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emasligini alohida taʼkidlab, 20 ga yaqin tahlil xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tahlillardan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritishini bildirgan edi.

Tendersiz xarid

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga yetkazib berilgan “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish bo‘yicha jami 21 milliard 875 million so‘mlik shartnoma tuzilgani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgandi. Davlat xaridlari portalidagi qo‘shimcha ma’lumotlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’sischiligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (“Antistrumin”) dori vositasini xarid qilish uchun 2022-yil iyun oyida “Samo” MCHJ bilan 5 milliard 610 million so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgani, 2023-yil 11-yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 million so‘mlik qo‘shimcha kelishuv qilingani ochiqlangandi.

Foto: “Daryo”

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamda vazirlik mas’uli Sharof Hamroyevning “Daryo” jurnalisti bergan savolga aniqlik kritishicha, vazirlik muassisligidagi MCHJ “Antistrumin” dorisini sotib olish uchun internetda e’lon bergan. 

Kaliy yodidni to‘g‘ridan to‘g‘ri olish huquqimiz bo‘lsa-da, biz bu borada tender e’lon qilganmiz. Eng arzon narxda sotib olish uchun saytda o‘zbek va rus tillarida e’lon berilgan. Bu e’londan kelib chiqib, xohlagan ishtirokchi, xorijlik bo‘lsa ham qatnashishi mumkin bo‘lgan. E’londan so‘ng odatda bizga takliflar kelib tushardi. Lekin bu e’londan so‘ng bizga faqat “Samo” MChJdan taklif kelib tushgan. Faqat bir kishidan, — deydi Sharof Hamroyev.

Vazir Amrillo Inoyatovning bunga qo‘shimcha qilishicha, e’londa 1 mg (0,001 g) doza so‘ralgani uchun, faqat shu ishlab chiqaruvchi so‘ralgan dozani taklif qila olgan. 

Vazirlik vakilining jurnalistlarga ma’lumot berishicha, “Samo” MCHJ kaliy yodidni 65 so‘mdan taklif qilgach, vazirlik vakillari uning narxini tushirish bo‘yicha taklif bergan. Ammo MCHJ bunga javob qaytarmagan. Shundan so‘ng, vazirlik muassisligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ dorini shu narxda sotib olishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, vazirlik va MCHJ saytlarida g‘olib kimligini e’lon qilgan. 

Jurnalistlar va mas’ullarning mazkur masaladagi savol-javobiga qo‘shilgan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, “Bu bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bor, ular buni ochiq-oydin o‘rganishyapti. Narxi masalasida o‘rganilyapti, aniqlansa, hammasini javobgar qilish masalasi bor”, — dedi. 

“O‘zmedimpeks” 2023-yil 4-mayda yana “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish uchun “Samo” MCHJ bilan 15 milliard 275 million so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, jami 21 milliard 875 million so‘m mablag‘ evaziga “Samo” MCHJ 3 million 550 mingta miqdorda “Antistrumin” yetkazib berishi ko‘rsatilgan. Tarmoq foydalanuvchilari Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’sischiligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ kaliy yodidni “Samo” MCHJdan 2022-yilda 5500 so‘mdan, 2023-yilda 6500 so‘mdan sotib olganini yozib, chakana savdoda xuddi shu ishlab chiqaruvchi, aynan shu dorisini 2800—3000 so‘mdan taklif qilayotganini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »