Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet davlatlar fuqarolaridan 10-noyabridan 21-noyabrigacha Qozog‘iston chegarasida hujjatlarsiz, yaʼni hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishi so‘raldi, degan xabarlar keng tarqalmoqda.

Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qozog‘iston hukumatining 2022-yil 31-dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, yaʼni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turish mumkin emas.

Qozog‘istonga ishlash maqsadida boryotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.

Avvalroq Qozog‘istondagi g‘isht zavodlarida 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qullikda ishlatilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan yetti nafar o‘zbekistonlik qiz qo‘lga olingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »