Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tomoshabinlarning aksariyati mashhurlar qizil gilamga qadam qo‘yishdan avval muvaffaqiyat va kamera chaqnashlari uchun nimalarni qurbon qilishlari haqida deyarli hech qanday ma’lumotga ega emas.

Bred Pitt

 
 
Foto: Filmdan kadr

Morgan Friman va Bred Pitt ishtirokidagi “Yetti” trilleri suratga olish jarayoni jarohatlarsiz o‘tmagan. Bred Pittning qahramoni jarohat olishi kerak edi, lekin aktyor chekkan azobchalik emas.

Foto: Filmdan kadr

Pitt suratga olish paytida yiqilib, qo‘lini jarohatlaydi. Qo‘li yirtilib ketganini ko‘rgan ssenariy mualliflari, o‘z navbatida, Gollivud yulduzining jarohatini kadrga muhrlashadi. Aynan shunday og‘riqlar bilan ular mashhur bo‘lishadi.

Sharliz Teron

Foto: Filmdan kadr

Sharliz Teronning qorin mushaklari yorilib ketganini bilarmidingiz? “Menga suratga olish paytida odamlarga baqirish yoqardi. Ammo “Oppog‘oy va ovchi” filmida shunchalik ko‘p baqirganmanki, men ilgari borligini ham bilmagan qorin mushaklarim yorilib ketgan”, — deydi Teron.

Foto: Filmdan kadr

Aktrisa shu qadar dahshatli og‘riqni boshdan kechiradiki, hatto qimirlay olmaydi. Natijada suratga olish jarayoni to‘xtatiladi.

Jorj Kluni

Foto: Filmdan kadr

Kluni “Suriyalik” trillerining suratga olish jarayonida juda qiynaladi. U “Oskar” mukofotini ter va qon orqali qo‘lga kiritadi, chunki aktyor bu rol uchun juda ko‘p qurbonliklar qiladi.

Foto: Filmdan kadr

Jorj Kluni rejissorning iltimosiga ko‘ra 10 kiloga ozadi, keyin esa belini shikastlab, boshidan jiddiy jarohat oladi. Boshi shunchalik og‘riganidan aktyor insult bo‘lib qoldim deb o‘ylaydi.

Jerar Batler

Foto: Filmdan kadr

“300 spartalik” filmini eslaysizmi? Ma’lum bo‘lishicha, filmni suratga olishdan so‘ng Batler bel og‘rig‘idan aziyat chekkan, shu sababdan u og‘riq qoldiruvchi vositalar qabul qila boshlagan. Ammo bu muammoning yarmi xolos.

Foto: Filmdan kadr

Yulduzda tabletkalarga qaramlik paydo bo‘ladi. Natijada uzoq muddatli davolanish va giyohvandlik bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qiladi. Mutaxassis Jerar Batlerga muammoni yengishga yordam beradi.

Jennifer Lourens

Foto: Filmdan kadr

Agar bir hafta davomida eshitmay qolsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz? Darrov shifokorga yugurasizmi? Ammo Jennifer Lourens bunga unchalik ahamiyat bermaydi.

Gollivudning yetakchi aktrisalaridan biri “Hayot-mamot” franshizasida Katniss Everdin roli bilan faxrlanadi. Ammo aktrisa suratga olish paytida orttirib olgan quloq infeksiyasi tufayli bir hafta davomida eshitmaganligini ko‘pchilik bilmaydi.

Foto: Filmdan kadr

 

“Tryukni bajarish uchun avvaliga suvga sakrashim kerak edi, bu esa quloq infeksiyasini keltirib chiqardi. Keyin men suv oqimiga sakrashga majbur bo‘ldim va to‘lqinlardan biri qulog‘imga tegib, qattiq ovoz chiqardi. Natijada bir hafta davomida kar qilib qo‘ydi. Lekin men daho bo‘lganim uchun shifokorga bormadim”, — deb eslaydi Jennifer.

Kichik Robert Dauni

Foto: Filmdan kadr

 

Bir kuni aktyor “Temir odam 3” filmi suratga olish maydonchasida yakka o‘zi kaskadyorlik qilishga qaror qiladi va to‘pig‘idan jiddiy jarohat oladi. Suratga olish jarayonining bir kunga to‘xtab qolishi ijodkorlarga qimmatga tushadi, shuning uchun ular har doim dublyor xizmatidan foydalanadi. Albatta, Jeki Channi istisno qilgan holda.

Foto: Filmdan kadr

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »