Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni imzolandi.

Hujjat bilan budjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmani 2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilish nazarda tutilmoqda.

Imtiyoz ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablag‘lar mustasno) to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tatbiq etiladi.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 16-noyabrdan kuchga kirdi.

Mart oyida O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangandi. Aprelda esa mamlakatda bir qator qurilish materiallari importi 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod qilinishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »