Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirollik a’zolari farzandini dunyoga keltirishi uchun qancha pul to‘laydi? Malikalar shahar kasalxonalari xizmatlaridan foydalanadimi? Quyida Vindzorlar Angliyadagi eng yaxshi tug‘uruqxonalarga qancha pul sarflashi haqida ma’lumot beramiz.

  • Santa Barbara kasalxonasi (Kaliforniya)
  • Tug‘uruq narxi: 12 mingdan — 25 ming dollargacha
  • Gersoginya Meganning tanlovi
 
 
Foto: Getty Images

Sasseks gersoginyasi kichik farzandini Santa Barbara kasalxonasida dunyoga keltirgan. CFAH tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, muassasada xizmat narxi protsedura turiga qarab 25 ming dollargacha bo‘lishi mumkin. “Tug‘uruq xonalarining har birida kreslo, tebranma stul va divan, shuningdek, qulaylik uchun ko‘plab yostiqlar bilan jihozlangan maxsus tug‘uruq karavoti mavjud. Har bir xonada Wi-Fi, videomonitor va kompyuter klaviaturasi mavjud. Bu yerda ovqat buyurtma qilish va xonaga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, onalar va ularning yaqinlari xohlagan vaqtda gazak tayyorlashlari mumkin bo‘lgan oshxona mavjud”, — deyiladi Santa Barbara kasalxonasining xonalari tavsifida. Los-Anjelesdagi mashhur shifoxonada tabiiy yo‘l bilan tug‘ish 12, 500 ming dollar turadi, kesarcha kesish amaliyoti esa 24, 800 dollar turadi.

  • Portlend kasalxonasi
  • Tug‘uruq narxi: 15 ming dollardan
  • Gersoginya Sara, malika Yevgeniya, gersoginya Megan tanlovi
Foto: Getty Images

Malika Beatris va Yevgeniya Vestminsterda Portlend ko‘chasidagi xususiy Amerika tug‘uruqxonasida tug‘ilgan. Ularning onasi, gersoginya Sara NHS (Milliy sog‘liqni saqlash xizmati)dan tashqari kasalxonada tug‘ilgan birinchi qirollik a’zosiga aylandi. Bu joyni britaniyalik mashhur oshpazlar ham yaxshi ko‘radi – bu yerda Jeymi Oliver va Gordon Ramzining merosxo‘rlari tug‘ilgan. Aytgancha, malika Beatrisning turmush o‘rtog‘i Eduardo Mapelli Mozzi ham 1983-yilda Portlend xususiy tug‘uruqxonasida tug‘ilgan. Gersoginya Megan ham mazkur kasalxonaning xizmatlaridan foydalangan — 2019-yil may oyida juftlikning birinchi farzandi shu yerda tug‘ilgan. Keyinchalik malika Yevgeniya va Jekning birinchi farzandi August tug‘ilgan. Tug‘uruq narxi 12 ming dollardan 20 ming dollargacha bo‘ladi va yakuniy xarajat ona tanlagan ovqatga, chaqaloqlar uchun suvenirlarga va boshqa detallarga bog‘liq. “Besh yulduzli ovqatlanish, eng zamonaviy jihozlar, konsultant e’tibori va qo‘lda tayyorlangan kumush sovg‘alar sabab o‘n minglab dollarga tushishi mumkin”,— deb yozadi CFAH.

  • Avliyo Meri kasalxonasining Lindo qanoti
  • Tug‘uruq narxi: 7 mingdan — 10 ming dollargacha
  • Malika Anna, malika Diana, Uels malikasi Ketrin tanlovi
Foto: Getty Images

Odatda mashhurlar Paddingtondagi Avliyo Meri kasalxonasida Lindo qanotini afzal ko‘rishadi — bu an’anaga aylangan odat. Aynan shu yerda malika Anna va malika Diana farzandlarini dunyoga keltirgan. Ular uyda tug‘ishni istamagan Vindzorlarning yangi avlod vakillari hisoblanadi. Keyin  Uels malikasi Ketrin ulardan o‘rnak olgan holda Lindoda nafaqat shahzoda Uilyam, balki uning uchta farzandi va jiyanlari ham tug‘ilgan (Pippa Middlton bu masalada opasidan o‘rnak olgan). CFAH veb-saytida aytilishicha, “eksklyuziv tug‘uruqxona narxlari bir kecha uchun 7,300 dollardan boshlanadi va eng hashamatli paket 8 ming dollargacha ko‘tarilishi mumkin”. Agar qo‘shimcha bir kecha qolishni istasangiz, bu sizga 1500 dollarga tushishi mumkin. Lyuks xona taxminan, 9,300 dollarga yaqinroq. Paketga akusherlik xizmati, shifoxona to‘lovlari, akusherlik qabuli, qon tahlillari, birinchi farzand uchun pediatr to‘lovlari, bola parvarishi, ovqatlanish, bayramona tushlik va sherigingiz uchun joy kiradi”.

  • Frimli Park kasalxonasi
  • Tug‘uruq narxi: bepul
  • Grafinya Sofining tanlovi
Foto: Getty Images

Surreydagi Frimli Park kasalxonasi Angliya sog‘liqni saqlash xizmatiga tegishli bo‘lib, qirolichaning sevimli kelini grafinya Sofi ikki marta shu yerni tanlagan. Qizi Sofi muddatidan oldin tug‘ilgan va Kamberlidagi NHS tomonidan moliyalashtirilgan Frimli Park kasalxonasida shoshilinch kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan, deydi CFAH mutaxassislari. “Sofi ikkinchi farzandi uchun ham shu kasalxonani tanlaydi. NHS Frimli Park kasalxonasi barcha zamonaviy talablarga javob beradi: har bir tug‘uruq xonasida shaxsiy yuvinish xonasi, hatto basseyn ham bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »