Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi 47 yoshli piyodani urib yubordi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 20-noyabr kuni soat 17:37 larda “8-Avtobus saroyi” filialiga qarashli 82-sonli Ibn Sino dahasi-1 – Yunusobod dahasi 17 yo‘nalishida harakatlanuvchi Yutong CNG rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

35 yoshli haydovchi SH.P (staji 13 yil) Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko‘chasiga qayrilib olish vaqtida, yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaro — 47 yoshli H.B.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olgani sababli voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan va fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent shahar Uchtepa tumanida yo‘lovchi elektrobusi va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »