Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi O‘zbekistonning 2023-yil yanvar—oktyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, o‘tgan o‘n oy ichida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 51 milliard dollarga yetgan va bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 10,3 milliard dollarga yoki 25,2 foizga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 20,47 milliard dollarni, import hajmi esa 30,5 milliard dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 29,1 foizga, import hajmi 22,7 foizga oshgan.

O‘zbekiston jahonning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,2 foiz), Rossiyada (15,6 foiz), Qozog‘istonda (7 foiz), Turkiyada (5,1 foiz) va Janubiy Koreyaga (3,7 foiz) to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 va 2024-yillarda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilgandi. Bank o‘zining mintaqaviy hisobotida tashqi bog‘liqlikning nisbatan kuchsizlanishiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining yanada kuchayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra esa O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizga yaqinlashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »