Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent aeroportida avtobus borib urilishi oqibatida samolyot old qismi shikastlangani aks etgan surat tarqalgandi. Uzbekistan Airways holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Unda aytilishicha, voqea 17-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida yuz bergan. HY054 Urganch—Toshkent reysini bajargandan so‘ng Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mutaxassislari Airbus 320 samolyotini navbatdagi reysni amalga oshirish uchun tayyorlayotgan bo‘lgan.

Shu paytda Toshkent xalqaro aeroporti avtobusining haydovchisi aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgan holda samolyot bilan to‘qnashgan.

Oqibatda samolyotning agregatlari harakatlanayotganda havo qarshiligini kamaytirishga yordam beradigan qismi shikastlangan.

Uzbekistan Airways Technic mutaxassislari samolyotning shikastlangan qismini almashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarini olib bordi va 18-noyabr kuni samolyotga parvozlarga ruxsat berildi. Soat 14:30 da Airbus A320Neo jadvalga muvofiq parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »