Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyatida politsiya xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar beradi 47Channel. Ular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, rastrata va hujjatlarni qalbakilashtirish uchun qidiruvga berilgan.

Foto: 47chanel

Qayd etilishicha, ulardan biri 37 yoshli migrant, Turbostroitel ko‘chasida joylashgan uyida qo‘lga olingan. 2018 — 2020 -yillarda erkak Farg‘ona viloyatida fuqarolar nomiga ularning roziligisiz kredit rasmiylashtirgan. U o‘z hamyurtlarining imzolarini soxtalashtirgan. Umumiy hisobda firibgar 528 million so‘m kredit rasmiylashtirgan. Barcha pullarni hisobiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. 2022-yil avgustda unga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Ikkinchi fuqaro esa Lomonosov tumanida qo‘lga tushgan. 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham yuqoridagi ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Kompaniya rahbari bo‘lgan bu shaxs soxta hujjatlar bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirgan. Yetkazilgan umumiy zarar 30 million so‘m. U 2022-yil sentyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi esa Gatchinada ushlangan. U haydovchilik guvohnomasini olish maqsadida o‘zgalar hujjatiga suratini yopshirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida tanishtirgan. Erkak 2023-yil oktyabrdan beri qidiruvda edi.

Migrantlarning barchasi Peterburg va Leningrad viloyati hududida ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashab kelgan. Leningrad politsiyasi O‘zbekistondagi hamkasblariga qo‘lga olingan shaxslar bo‘yicha ma’lumot bergan. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyatida xalqaro qidiruvga berilgan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »