Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Taniqli xonanda Munisa Rizayeva Instagram akkauntlardan biriga bergan intervyusida bir necha yil avval turli ruhiy muammolarga uchragani, hatto joniga qasd qilishga uringani hamda shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi. 

Foto: Instagram
 

Arseniyga turmushga chiqishga qanday qaror qabul qilgani haqida

— Buni Allohdan so‘radim. “Allohim, agar shu mening insonim bo‘lsa, unga turmushga chiqishimga yo‘l ber. Agar u mening insonim bo‘lmasa, uning ham, mening ham qalbimga ozor yetkazmay, bir-birimizdan uzoqlashtir”, deb iltijo qildim. Chunki men erga tegishni umuman xohlamasdim. Yo‘q, xohlardim, lekin bu narsa men uchun birinchi o‘rinda emas edi. Agar munosib insonni uchratsam, shukr, uchratmasam ham, shukr. Agar farzand bersa, Allohga shukr aytaman, bermasa ham, nolimayman. Demak, bu Allohning irodasi, deyman. Chunki inson doimo shukr qilib yashashi kerak. Hayotimizdagi har bir yaxshi yoki yomon narsaga ham Allohga shukr qilishimiz kerak. Chunki hammasi yaxshilikka. Avvallari biror muammoga duch kelsam, siqilib yig‘lardim. Hozir esa qandaydir mushkulot bo‘lsa, demak, bu Allohning irodasi, deyman va shukr aytaman.

— Belarus millatiga mansub yigitga turmushga chiqqanim uchun ijtimoiy tarmoqlarda menga va turmush o‘rtog‘imga nisbatan juda ko‘p negativ yozildi. Ular hatto turmush o‘rtog‘imning islomni qabul qilganiga ham qarab o‘tirmadi. Insonlar uchun bu narsaning hech qanday qadr-qimmati yo‘q ekan. Menga esa bu katta baxt. Chunki men bir insonning musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ldim. Turmush o‘rtog‘im negativlardan judayam asabiylashadi. Men unga “Umuman e’tibor berma”, deyman. Men tashqi olamga umuman e’tibor bermayman.

Farzand ko‘rish orzusi haqida

Foto: Instagram
 

— Oxirgi paytlarda “kapelnitsa” olayotgan videolarimni ko‘p joylayapman. Bu mening kasal ekanligimni bildirmaydi. Biz erim bilan ota-ona bo‘lishni juda ham xohlayapmiz. Shuning uchun men profilaktik muolajalar olib, onalikka tayyorlanyapman.
Allohga oson, u o‘zi biladi qachon kimga nimani berishni. Farzandni ham u o‘zi istagan paytda beradi. Men avvalroq ona bo‘lishga tayyor edim, deb ayta olmayman. Men har doim ona bo‘lishga menda hamma narsa bo‘lganidagina tayyor bo‘laman, derdim. “Menga mana bu, u yoki bu narsa kerak, shundagina ona bo‘laman”, derdim. Chunki men farzandimga ma’lum sharoitlar yaratib bera olishim kerak. Alloh mening rejalarimni biladi. Lekin uning ham menga tegishli rejalari bor.

Ruhiy muammolari haqida

— Bir necha yil avval shunday vaziyat bo‘lganki, hatto o‘zimni o‘ldirmoqchi bo‘lganman. Hamma ishni o‘zim qilganim, hamma muammoyimni o‘zim hal qilishga uringanim uchun hayotimga faqat kuchsiz erkaklar kirib kela boshlagan. Shunday vaqtlar bo‘lganki, hatto ich-ichimdan o‘zimni erkaklardek his etganman. Do‘stlarim Munisa, sen “mujiksan” desa, bu gap men uchun faxr edi. Hozir esa men o‘zgarganman, hatto ko‘pchilik nigohlarim, qarashlarim ham o‘zgarganini aytmoqda. 

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Munisa Rizayeva 2023-yilning 7-sentyabr kuni belaruslik tadbirkor Arseniy Morozga turmushga chiqdi. Xonandaning to‘yiga nafaqat o‘zbekistonlik, balki chet ellik san’atkorlar ham tashrif buyurdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »