Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2060-yilgacha Respublika uglerod neytralligiga erishishni maqsad qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

To‘qayev BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturining (SPEKA) ishtirokchi davlat rahbarlari sammitida so‘zlagan nutqida shunday fikrni bildirdi. U davlat rahbarlarini muqobil energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga va Qozog‘istonning Olmaotada iqlim masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo loyiha idorasini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasidagi o‘zaro hamkorlik keng istiqbollarni ochmoqda. Sun’iy intellektning jadal rivojlanishi ishlab chiqarish, mehnat bozori va xizmat ko‘rsatish sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha oldimizga dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
Mamlakatimizda davlat xizmatlarining 90 foizdan ortig‘i elektron shaklda xizmat qiladi, naqd pulsiz operatsiyalar ulushi 80 foizdan oshdi. IT sohasi eksporti hajmi o‘tgan yilning o‘zida 5 baravar oshdi. 2026-yilga borib bu ko‘rsatkichni bir milliard dollarga yetkazish niyatidamiz”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »