“Urush olovi barcha mamlakatlarni yondirmasidan uni to‘xtatish kerak” — To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining cheklangan tarkibdagi sessiyasida ishtirok etdi va unda Yaqin Sharqdagi konfliktga to‘xtaldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Sessiyada ishtirokchi davlatlarning kollektiv xavfsizligini ta’minlashning dolzarb jihatlari muhokama qilingan. Bundan tashqari, davlat rahbarlari global kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashgan.
To‘qayev o‘z nutqida sessiya xalqaro vaziyat keskinlashib borayotgan o‘ziga xos murakkab sharoitda o‘tayotganini aytgan. Uning fikricha, Yaqin Sharqdagi o‘zgarishlar alohida tashvish uyg‘otadi.
“Konflikt natijasida tinch aholi jabr ko‘rmoqda, ko‘plab begunoh odamlar, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Bunga chidab bo‘lmaydi. Qozog‘iston G‘azo aholisiga bir million dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatdi. Uni xodimlari orasida misli ko‘rilmagan yo‘qotishlarga uchragan, ammo o‘z faoliyatini qahramonona davom ettirayotgan BMT agentligi – UNRWA/UNRWAga jo‘natdi.
Yaqin Sharqdagi konflikt haqiqatda global miqyosdagi axborot va mafkuraviy qarama-qarshilik spiralini keltirib chiqardi. G‘azo sektori atrofidagi vaziyat dunyo hamjamiyatini kamida ikkita lagerga bo‘lib qo‘ydi. Urush olovi barcha mamlakatlar va qit’alarni yondirib yubormasdan uni to‘xtatish kerak”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar