Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridan fuqarolarni evakuatsiya qilish boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: AP Photo

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovga ko‘ra, 13-noyabr kuni 44 kishidan iborat birinchi guruh evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

“Ushbu guruhga Qozog‘istonning 40 nafar fuqarosi va 4 nafar xorijlik, ularning oila aʼzolari kiradi. Bugungi kunda Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali jami 594 kishi, jumladan, 44 nafar fuqaromiz o‘tishi rejalashtirilgan”, — dedi u.

Ta’kidlanishicha, evakuatsiya qilinishi rejalashtirilganlar orasida Qozog‘istondan tashqari yana 9 davlat vakillari ham bor. Bular Marokash, Iordaniya, Rossiya, Ispaniya, Shvetsiya, Peru, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiyadir.

Evakuatsiya G‘azo sektori va Misr o‘rtasida joylashgan Rafah nazorat punkti orqali amalga oshiriladi. Qozog‘istonliklar nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tib, quruqlik orqali Qohiraga yetkaziladi va mehmonxonaga joylashtiriladi. Kerakli hujjatlar tekshirilgandan so‘ng, ular Qozog‘istonga jo‘natiladi.

“Qozog‘iston diplomatlari allaqachon Qohiraga jo‘nab ketgan. Ular barcha nazorat-o‘tkazish punktlaridan o‘tib, Rafahga yaqinlashmoqda. Bir soat ichida ular u yerga yetib borishi kerak. Ular yetib borishi bilan Misr rasmiylari, G‘azo sektori hukumat vakillari bilan birgalikda barcha hujjatlarni tekshirishni boshlaydi. Fuqarolarimizni asta-sekin olib chiqib ketamiz”, — deya xulosa qildi TIV rasmiysi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »