Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda Yaqin Sharqdagi vaziyat barqarorlashgunga qadar Isroilga neft eksportini to‘xtatib turishni talab qiluvchi petitsiya boshlandi. Bu haqda Orda xabar berdi.

Foto: qmonitor.kz

Ikki kun ichida petitsiyaga 10 mingdan ortiq odam imzo chekkan. Hujjat muallifi Qozog‘iston Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga hissa qo‘shadigan diplomatik yechimlarni izlashda faol ishtirok etishi kerak, deb hisoblaydi.

“Mamlakatimiz doimo xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlik tarafdori bo‘lib kelgan. Mojarolar davom etayotgan mintaqalarga neft kabi strategik ahamiyatga ega resurslarni eksport qilish tomonlardan birini qo‘llab-quvvatlash sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ko‘pchilikning chaqiriqlariga qaramay, Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Isroil BMT Bosh assambleyasining zudlik bilan sulh tuzishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini rad etdi”, — deydi Yerm Sulton.

Shuningdek, petitsiya muallifi uning iltimosnomasi qonun doirasida bo‘lgani kabi xolis nuqtayi nazardan ham ko‘rib chiqilishini so‘ragan.

13-oktyabr kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston har qanday xalqaro muammolarni hal qilishda terrorchilik usullaridan foydalanishga qarshi ekanini aytgan.

“O‘nlab yillar davomida hal etilmagan vazifalarni amalga oshirish uchun tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik, terrorchilik harakatlariga qo‘l urish kerak emas. Buni hech qanday tarzda oqlab bo‘lmaydi”,  — dedi To‘qayev.

U respublika xalqaro munosabatlarda adolat tamoyilini qaror toptirish, ularni xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolarining huquqiy va suveren huquqlarini hisobga olgan holda demokratlashtirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

  • S&P Global Commodity Insights ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Isroil neftni asosan Turkiya, Rossiya va Gabondan olgan. Xom neft importi kuniga qariyb 300 ming barrelni, neft mahsulotlari 50 ming barrelni tashkil etgan.
  • Bir yil avval neftning asosiy yetkazib beruvchilari Iroq, Ozarbayjon va Qozog‘iston, shuningdek, kichik hajmlarda — Nigeriya, Gabon va Braziliya bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »