Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

 Amerikalik rejissor Greta Gervigning “Barbi” filmi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga 100 million dollardan ko‘proq (80 million funt sterling) foyda keltirdi va yuzlab britaniyaliklarni ish bilan taʼminladi. Bu haqda “Pravila Jizni” xabar bermoqda.

Foto: People
 

Warner Brosʼning maʼlumotlariga ko‘ra, “Barbi”ning Buyuk Britaniyada suratga olish jarayoni nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga millionlab daromad keltirgan. Shu bilan birga, 685 ta yangi ish o‘rni yaratilgan, 6000 dan ortiq qo‘shimcha ishchilar jalb qilingan, 754 ta mahalliy tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlangan. Mahalliy aholiga 50 million dollar (40 million funt)dan ortiq maosh to‘langani maʼlum bo‘ldi.

Film Warner Bros Leavesʼning Xertforshirddagi studiyasida suratga olingan. Bundan tashqari, dunyoga mashhur “Garri Potter”, “Betmen”, “Akvamen” filmlari ham aynan shu kinostudiyada suratga olingan.

Shuningdek, Warner Bros vakili “Barbi” birgina Britaniyaning o‘zida film kassasiga 120 million (95 million funt sterling)dan ortiq daromad olib kelganligini qo‘shimcha qilgan. 

21-iyul kuni premyerasi bo‘lib o‘tgan mazkur kartina yilning eng kassabop filmi, deb eʼlon qilindi.

Film umumiy hisobda, 1,4 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirdi. Shuningdek, kartina “Qora ritsar”, “Garri Potter va ajal tuhfasi” filmlarini ortda qoldirib, Warner Bros tarixida eng ko‘p daromad olib kelgan filmga aylandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »