Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Barbi” filmi premyera qilingandan keyin butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarning va tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Qo‘g‘irchoqning g‘ayrioddiy sarguzashti haqida hikoya qilinadigan film AQSHda eng yuqori daromad to‘plagan loyihaga aylandi.

Foto: “Yandeks.ru”

Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, Barbi AQSHda 574,2 million dollardan ortiq daromad to‘plab, “Super aka-uka Mariolar” filmini ortda qoldirdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Shu bilan birga, Margo Robbi va Rayan Gosling ishtirokidagi kinokartina bu miqdorni atigi 34 kunda, animatsion film esa 138 kun ichida ishlab topgan.

Foto: “Yandeks.ru”

“Barbi” kinokartinasi qo‘g‘irchoq, uning sevgilisi Ken va ularning do‘stlarining sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Sujetga ko‘ra, Barbi Barbilenddan haydaladi va u yangi sarguzashtlarni boshdan kechirish uchun haqiqiy insonlar dunyosiga borishga majbur bo‘ladi. Film taqdim etilgandan ko‘p o‘tmay, dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Loyiha taqdim etilgan deyarli barcha bozorlarda yetakchi hisoblanadi. Shuningdek, kinokartina Greyta Gervigni jahon prokatida 1 milliard dollar ishlab topgan ilk ayol rejissorga aylantirdi.

Filmda Amerika Ferrera, Maykl Sera, Uill Ferrell, Keyt Makkinnon, Simu Lyu, Shuti Gatva, Emma Makki va boshqa aktyorlar rol o‘ynagan. Ma’lumot uchun, “Barbi” filmiga raqobatchi bo‘lgan loyiha — “Oppengeymer” dunyo bo‘ylab 500 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »