Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Antistrumin” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat-prosessual qonunchilik asosida dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayol qamoqqa olinganligi haqidagi ma’lumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda.  

Foto: Google Images

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, tarqatilayotgan ushbu ma’lumotlar tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

“Jinoyat-prosessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga  qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jinoyat ishiga oid ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »