Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Kirill Budanovning rafiqasi Marianna og‘ir metalldan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda 28-noyabr, seshanba kuni “Babel” nashri ismi oshkor etilmagan suhbatdoshiga tayanib xabar berdi.

Kollaj: “Kanal 24”
“Bu moddalar kundalik hayotda yoki harbiy ishlarda hech qanday tarzda ishlatilmaydi. Ularning mavjudligi ma’lum bir odamni qasddan zaharlashga urinishdan dalolat berishi mumkin”, — deydi nashr manbasi, ayolning organizmida qanday moddalar topilganiga aniqlik kiritmasdan.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Marianna Budanova “uzoq vaqt davomida sog‘lig‘i yomonlashganidan keyin” kasalxonaga yotqizilgan. U davolanish kursini tugatmoqda va kuzatuv ostida bo‘ladi, deb yozdi “Babel”. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, odam o‘ldirishga urinish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Budanovaning kasalxonaga yotqizilgani yoki tergov boshlangani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

“Ukrainskaya pravda”: Yana bir qancha xodimlarda zaharlanish aniqlandi

Marianna Budanovaning zaharlanishi haqida “Ukrainskaya pravda” nashri manbalari ham gapirdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, GUR boshlig‘ining rafiqasi “katta ehtimol bilan ovqat orqali zaharlangan”.

“U o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qildi, shuning uchun ular zaharlanishni aniqlaydigan testlarni o‘tkazishdi”, — deb tushuntirdi nashr suhbatdoshi.

Manbaga ko‘ra, “yana bir necha xodimda” zaharlanish tasdiqlangan. “Ukrainskaya pravda” gap GUR xodimlari haqida ketyaptimi yoki boshqalar, aniqlik kiritmadi.

“Budanovning rafiqasi kichkina va vazni yengil bo‘lgani uchun zaharlanish unda tezroq namoyon bo‘ldi. Yana bir qancha xodimlarda zaharlanish aniqlandi. Ular og‘irroq vaznli bo‘lgani sabab o‘zlarida hech narsani sezmagan, hozir ular ham davolanmoqda”, — dedi manba nashrga.

Ayni paytda, GUR matbuot xizmati OAVga Marianna Budanovaning zaharlanishi haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor qildi.

Joriy yilning iyun oyida GUR vakili Andrey Yusov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri razvedka boshlig‘i Kirill Budanovning hayotiga “o‘ndan ortiq” suiqasd qilinganini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »