Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning urush borasidagi asosiy xatosi haqida gapirdi. Bu haqda u “Krim.Realii”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kollaj: 24 Kanal

Budanov Putinning reallikdan uzoqdaligi uning asosiy xatosi bo‘lib, Rossiya uchun strategik yo‘qotish ekanini ta’kidladi.

“Putinni haqiqatdan uzoqlashtirishdi — bu uning asosiy xatosi. Gap noto‘g‘ri hisob-kitoblarda emas, balki reallikdan uzilganlikda. Asosiy xato shudir”, — dedi u.

Ukraina razvedkasi rahbari urush oqibatida Rossiya ko‘plab jiddiy muammolarga duch kelgani, jumladan, diplomatik surgunga aylanganini bildirdi.

“Rossiyaga qarang: u diplomatik surgun, iqtisodiyotiga qarang, dollar kursini kuzating”, — ta’kidladi Budanov.

U Kreml rasmiylari allaqachon “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlarini tilga olishni to‘xtaganini aytdi. 

“Ularning o‘z fuqarolariga aytadigan gaplari yo‘q. Urushni qancha uzoq davom ettirsalar, bu vaziyatdan chiqishlari shunchalik qiyin bo‘ladi”, — dedi ukrainalik amaldor. 

Shuningdek, Budanov Rossiya strategik mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, jang maydonida hali mag‘lub bo‘lmaganini ta’kidladi.

Dastlab bir necha kun ichida Ukrainani bosib olishni rejalashtirgan Rossiya kuchli qarshilikka duch keldi. 2023-yil 28-avgust holatiga ko‘ra, rus qo‘shinlarining umumiy yo‘qotishlari taxminan 261 310 kishini tashkil qiladi.

AQSH armiyasining iste’fodagi generali, Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Devid Petreusning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi G‘arb davlatlarining “qizil chiziqlar”ning buzilishiga adekvat javob bermagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Uning fikricha, Putin AQSH va NATOga a’zo davlatlar Ukrainaga bostirib kirishiga munosabat bildirmasligiga ishongan va bu bilan yanglishgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »