Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi Shayx Mansur batalyoniga rahbarlik qiladi, dedi Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov.

Foto: Telegram /Daudov
“Adam Qodirovga muhim yo‘nalish ishonib topshirildi: bundan buyon u Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi eng jangovar bo‘linmalardan biri – Shayx Mansur batalyoniga rahbarlik qiladi”, — deb yozdi u Telegram-kanalida.

Daudovning ta’kidlashicha, 16 yoshli Qodirovdagi “mehnatsevarlik, qat’iyat va mas’uliyat unga berilgan vazifalarni bajarishda yordam beradi”.

Checheniston Davlat Dumasi deputati Adam Delimxanov kichik Qodirovni batalyon shaxsiy tarkibiga tanishtirganini aytdi.

“Bu tayinlanish Adamning xalqimizning diniy, oilaviy va madaniy qadriyatlarini asrab-avaylash yo‘lidagi ulkan xizmatlari tabiiy natijasi bo‘ldi”, — deya Delimxanov Adam Qodirovni tug‘ma jangchi deb atadi.

Oktyabr oyining boshida Adam Qodirov Checheniston Qahramoni unvonini olgandi, keyinchalik u Tataristonning ikkinchi eng muhim mukofoti bo‘lgan “Duslik” ordeni bilan taqdirlandi. 16 yoshli o‘smir, shuningdek, Qorachoy-Cherkes respublikasining eng oliy ordeni — “Qorachay-Cherkes Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan, bundan tashqari “Islom diniga xizmatlari uchun” 1-darajali ordeni bilan taqdirlandi.

5-noyabr kuni Adam Qodirov otasining xavfsizlik xizmatida “muhim” va “mas’uliyatli” lavozimni egalladi. Ramzan Qodirovning o‘zi 2003-yildan otasi Axmat Qodirovning xavfsizlik xizmatini boshqarishga kirishgandi, 2004-yilda Grozniydagi teraktda katta Qodirov halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »