Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva ichki ishlar vaziri Agne Bilotayte Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok bilan Venada (Avstriya) bo‘lib o‘tgan Interpol Bosh assambleyasining 91-sessiyasida Moskva va Minskning tashkilotdagi huquqlarini cheklashga chaqirdi. Bu haqda Litva Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agne Bilotayte
Foto: Baltics News

Litva IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Interpol “Rossiya yoki Belarus kabi nodemokratik davlatlar o‘z siyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida aʼzolikdan foydalanmasligi uchun hamma narsani qilishi kerak”.

Xalqaro hamjamiyat Interpol kanalining suiiste’mol qilinishiga, o‘zi va boshqa davlatlar fuqarolarining siyosiy maqsadlarda ta’qib qilinishiga toqat qila olmaydi, — dedi u.

Litva rasmiysining ta’kidlashicha, Rossiya va Belarus doimiy ravishda o‘z siyosiy so‘zini o‘tkazish yo‘llarini qidiradi.

Interpol Bosh assambleyasi ham bundan mustasno emas va bu mazkur davlatlar tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihalarida yaxshi aks ettirilgan. Biz bunday takliflar qabul qilinmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, — dedi vazir.

Bilotayte, shuningdek, Interpol rahbariyatiga “Rossiyaning Litva fuqarolariga qarshi jinoyatlarini tergov qilishda ishtirok etgan Litva sudyalari, prokurorlari va boshqa mansabdor shaxslarining prinsipial pozitsiyasi va himoyasi uchun” minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »