Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Chust tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak Ohangarondan topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan va davlat ijrochisi tomonidan qidiruvga berilgan qarzdorlarni topish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida byuroning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha olib borilgan navbatdagi qidiruv tadbirlar davomida chustlik qarzdor ota topilib, unga nisbatan uzoq vaqtdan beri aliment to‘lamagani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

R.Q.ga fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlaro sudining qaroriga ko‘ra 2 nafar farzandi uchun to voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. Biroq qarzdor turli bahonalar bilan to‘lamay kelgani uchun joriy yilning aprel oyida o‘n besh sutkalik ma’muriy qamoqni o‘tab chiqqan. Bundan ham tegishli xulosa qilmay yana farzandlari ta’minotidan bo‘yin tovlab keladi. 

Qarzdorlikni qasddan to‘lamay yashirinib yuradi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruvdagi qarzdor Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yurgani aniqlandi va tadbir davomida ushlanib, Chust tumaniga olib kelindi. O‘tkazilgan suhbat mobaynida qarzdorlik salkam 15 million so‘mga yetgani, uni bartaraf etish tushuntirildi. Qayd etilishicha, u yana mas'uliyatni his etmadi va unga nisbatan jinoyat ishi yuritildi. 

Ma’lumot berilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida byuroning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan 284 nafar qarzdorlarning 176 nafari topilgan. Ularning 35 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 58 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Olib borilgan profilaktik va tushuntirishlardan so‘ng 320 mln so‘m qarzdorlik undirishi ta’minlangan. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »