Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Oliy Radasi fraksiya va guruhlari mamlakatda urush tugaguniga qadar na prezidentlik, na parlament saylovlari o‘tkazilishi haqidagi hujjatni imzoladi. Saylovlar harbiy holat bekor qilinganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi, deb yozmoqda “Strana”.

Foto: “Strana.ua”

Tegishli bayonot 10—12-noyabr kunlari Karpatorti shahrida bo‘lib o‘tgan tinchlik va demokratiya uchun “Jan Monne muloqotlar” formatidagi yig‘ilishda qabul qilingan.

Hujjatda aytilishicha, Ukraina parlamentidagi barcha siyosiy kuch vakillari “kelajakda erkin va adolatli milliy saylovlar urush tugab, harbiy holat bekor qilinganidan so‘ng o‘tkazilishi” haqida kelishib olgan. Bunda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun harbiy holat tugaganidan keyin kamida olti oy o‘tishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Hujjatni “Xalq xizmatkori” fraksiyasidan David Araxamiya, “Batkivshchina”dan Yuliya Timoshenko, “Yevrobirdamlik”dan Irina Gerashchenko, “Golos”dan Aleksandra Ustinova va boshqa parlament guruh vakillari imzoladi, deb yozdi “Ukrainskaya pravda”.

Ukrainada prezidentlik saylovi 2024-yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 2023-yil avgust oyida Vladimir Zelenskiy agar urush davrida saylovlar o‘tkazilsa, yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini aytdi. Oktyabr oyida Ukrainada amaldagi harbiy holat tufayli Oliy Radaga saylovlar o‘tkazilmadi. Noyabr oyi boshida esa Zelenskiy “hozir saylov vaqti emas”ligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »