Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Butunjahon iqlim sammiti doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:  Prezident matbuot xizmati 

Ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida davlat rahbari joriy yil may oyida Samarqandda o‘tgan YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining samarali natijalarini yuksak baholadi.

Bankning mamlakatdagi investitsiyalari 3,5 milliard yevrodan oshgani, loyihalar portfelining 60 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakat bilan sheriklik bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Sheriklik strategiyasi, eng avvalo, kichik va o‘rta biznes, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, bank sohasida xususiylashtirish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik sifati va ko‘lamini salmoqli darajada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Mamlakatda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi yilda Xorijiy investorlar kengashi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »