Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina harbiylari sichqon va kalamushlarga qarshi kurashish uchun frontga mushuklarni faol yig‘ib ketishni boshladi, deb yozmoqda Bild gazetasi Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga tayanib.

Foto: UQK veb-sayti

 

Nashr aniqlik kiritishicha, kemiruvchilar jiddiy muammoga aylangan, chunki ular “askarlarning uyqusini buzadi, ular uxlayotganda sumkalarini teshib, ko‘ringan hamma narsani yeb ketadi”. Kalamushlar, ilonlar va sichqonlar frontning janubiy hududlaridagi okoplarga “hujum qilgan”. Kemiruvchilar kaskalarni teshib, aloqa kabellariga zarar yetkazmoqda, oziq-ovqat, dori-darmonlar, kiyim-kechak va charm buyumlarni yeb ketmoqda.

Kemiruvchilar va ilonlarga qarshi kurashish uchun harbiylar o‘zlari bilan mushuk olib ketishni boshladi. Xususan, Shayba laqabli mushuk “Harbiylarga ko‘rsatgan yordami uchun” jangovar medal oldi, dedi jangchilardan biri.

23-noyabr kuni Japan Times gazetasi Ukraina armiyasining okoplarida sichqonlar 2022-yilga qaraganda ancha ko‘payganini xabar qildi. Jurnalist Emmanuel Peshoning so‘zlariga ko‘ra, kemiruvchilar issiq joy va oziq-ovqat izlab okoplarni bosib ketgan. UNIAN avvalroq ukrainalik harbiy xizmatchilardan birining videosini e’lon qilgan, unda qishki etiklar va kabellar atrofida sichqonlar galasi yugurayotgani aks etgandi. Askar ularga fonarni yoritgach, kemiruvchilar qochib ketgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »