Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Braziliya prezidenti Lula da Silva rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni 2024-yilgi G20 sammitiga taklif qilishini aytdi. Shu bilan birga, Braziliya Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlardan biri sanaladi.

Foto: Reuters
“Putin keladimi yo‘qmi, u taklif qilinadi. Unga qarshi protsess ketmoqda, oqibatlarini uning o‘zi baholashi kerak”, — dedi Lula da Silva Correio Brasiliense gazetasiga. “Bu sud qarori. Respublika prezidenti bu qarorlarni muhokama qilmaydi: ularni bajaradi yoki bajarmaydi. Putin Braziliyadagi G20 va BRIKS sammitlariga taklif qilinadi. Va agar u ishtirok etsa, nima bo‘lish-bo‘lmasligini biladi”.

XJS 17-mart kuni Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan. Sudga ko‘ra, Rossiya prezidenti Ukrainadan “bolalarni noqonuniy ravishda deportatsiya qilish bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar” uchun javobgar hisoblanadi. Rim statutiga a’zo davlatlar orderni bajarishi shart.

Avgust oyida BRIKS sammiti Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tdi (u ham Rim statutining a’zosi). Vladimir Putin tadbirda videoaloqa orqali ishtirok etdi. Bu qaror Rossiya va JAR o‘rtasida “o‘zaro kelishuv” asosida qabul qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »