Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Paxtakor” 5-dekabr, seshanba kuni “Al-Fayha”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochdi. 40-daqiqada Sakala muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Saudiya klubi hisobda oldinga chiqib oldi. 46-daqiqada Mandash o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 85-daqiqada Anri Onyekuru darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin oxirida esa Sakala dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa “Paxtakor” A guruhida 7 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi. “Al-Fayha” esa 9 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi.


OCHL

6-tur bahsi

5-dekabr, seshanba

“Paxtakor” – “Al-Fayha” 1:4

Gollar: 1:0 - 10 Erkinov, 1:1 — 40 Sakala, 1:2 — 46 Mandash, 1:3 — 85 Onyekuru, 1:4 — 90+4 Sakala.

“Paxtakor”: 36. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruz Asqarov, 4. Doston Tursunov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 20. Hojimat Erkinov, 28. Diyor Xolmatov, 34. Farruh Sayfiyev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Dilshod Saitov.

“Al-Fayha”: 28. Ahmad Al Kassar, 8. Abdulrahmon Al Safari, 12. Yusuf Haqavi (11. Holid Kaabi 77), 17. Feshn Sakala, 22. Muhammad Al Baqavi, 23. Milan Pavkov (7. Genri Onekuru 58), 27. Sulton Mandash, 29. Navaf Al Harti, 33. Hussayn Al Shuvaysh, 70. Abdulrahmon Al Anzi (6. Saud Zaydan 58), 80. Usama Al Halaf.

Ogohlantirishlar: Feshn Sakala (23), Abdulrahmon Al Anzi (58), Dragan Cheran (62).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »