Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi Interfaks.

Foto: Reuters
Ertaga prezident Putinning BAA va Saudiya Arabistoniga amaliy tashriflari bo‘ladi, barchasi bir kunda amalga oshiriladi, — dedi Peskov jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda.

Ertasi kuni, 7-dekabrda Rossiya—Eron muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan: Eron prezidenti Ibrohim Raisi Rossiyaga keladi, deb xabar berdi Kreml.

2023-yil mart oyida Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda gumon qilib, hibsga olishga order bergandi. Order chiqarilgandan keyin Putin ilk xorijiy tashrifini oktyabr oyida Qirg‘izistonga uyushtirdi. O‘sha oyda Putin Xitoyga, noyabrda Qozog‘istonga bordi.

Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar qatoriga kirmaydi, BAA shartnomani imzolagan, lekin ratifikatsiya qilmagan, deb yozadi Kommersant.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »