Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan tinchlik bitimini sharhlar ekan, Boku Yerevan tomonidan Qorabog‘ uchun “qasos olishga” urinishlar bo‘lmasligi to‘g‘risida kafolat olishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon “Armanistonda bo‘layotgan ishlar”, Yerevanning Yevropadagi ayrim maslahatgo‘ylari haqida biladi.

Foto: Global Look Press
“Ozarbayjonga Armanistonda revanshizmga urinishlar bo‘lmasligi uchun kafolat kerak. Biz ikki davlat o‘rtasida umuman urush bo‘lmasligini va bu borada kafolatlar bo‘lishi kerakligini istardik”, — dedi Aliyev Bokudagi “Qorabog‘: 30 yildan keyin vatanga qaytish. Yutuqlar va qiyinchiliklar” xalqaro forumida so‘zlagan nutqida.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi muzokaralar ikki tomonlama bo‘lishi kerakligiga yana bir bor eʼtibor qaratdi. 21-noyabr kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ham xuddi shunday pozitsiya bildirilgan. Bokuga ko‘ra, ikki tomonlama muzokaralar “tinchlik bitimini imkon qadar tezroq yakunlash” imkonini beradi.

Yerevan va Boku o‘rtasida tinchlik bo‘yicha so‘nggi bevosita aloqalar iyul oyida bo‘lib o‘tgan. Undan keyin Armaniston va Ozarbayjon tomonlari tinchlik kelishuvini muhokama qilish uchun uchrashgani yo‘q. 19-sentyabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da “aksilterror operatsiyasi” boshlanganini e’lon qildi. Harbiy harakatlar 20-sentyabr kuni yakunlandi. Janglar natijasida Ozarbayjon Qorabog‘ ustidan to‘liq nazoratni tikladi.

10-noyabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi 70 foizga kelishilganini aytdi. 21-noyabr kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Boku to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga tayyorligi haqida bayonot berdi. 22-noyabr kuni esa har ikki tomon tinchlik bitimi bo‘yicha muhokamalarni davom ettirish niyatini tasdiqladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »