Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati Qorabog‘ning arman aholisini reintegratsiya qilish rejasini e’lon qildi. Ilhom Aliyev matbuot xizmatining xabar berishicha, 21, 25 va 29-sentyabr kunlari prezidentning Qorabog‘dagi arman aholisi bilan aloqalar bo‘yicha komissari Yevlax va Xo‘jali shaharlarida armanlarga ushbu rejani taqdim etgan va uni muhokama qilgan.

Foto: “TASS”

Reintegratsiya “Ozarbayjon Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro majburiyatlari asosida uning hududiy yaxlitligi va suvereniteti doirasida” amalga oshiriladi.

Reja teng huquq va erkinliklarni, shuningdek, “etnik, diniy yoki tilga mansubligidan qat’iy nazar” har bir rezidentning xavfsizligini kafolatlaydi.

Hujjatga ko‘ra, armanlar istiqomat qiladigan hududlarni boshqarish Ozarbayjon prezidentining maxsus vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy aholi ham boshqaruvga jalb qilinishi mumkin. Munitsipalitetlar saylov yo‘li bilan tuziladi.

“Rezidentlarning fuqarolik masalalari Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga muvofiq tegishli tartiblar asosida hal etiladi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Qorabog‘da jamoat tartibini himoya qilish va aholi xavfsizligi Ozarbayjon ichki ishlar organlari tomonidan ta’minlanadi. Etnik armanlar istiqomat qiladigan hududlarda qurolsizlanish va demobilizatsiya jarayoni yakunlanmoqda, aholidan barcha qurol-yarog‘lar musodara qilinmoqda.

Qorabog‘dagi asosiy valyuta Ozarbayjon manati bo‘ladi. Ozarbayjon hukumati “maʼlum vaqt ichida” Qorabog‘dagi jismoniy va ijtimoiy infratuzilma (taʼlim, sog‘liqni saqlash, energetika, gaz, suv, yo‘llar, aloqa, melioratsiya) Ozarbayjon uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlar darajasiga keltirilishiga vaʼda bermoqda.

Viloyat aholisiga soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar beriladi, fermerlarga subsidiyalar berilib, yer solig‘idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinadi. Mulk masalalari Ozarbayjon qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Ozarbayjondagi ish haqi va ijtimoiy nafaqalar tizimi Qorabog‘ aholisiga ham taalluqli bo‘ladi.

Rejada, shuningdek, armanlarga o‘z madaniyatini saqlash va rivojlantirish huquqi kafolatlangani, arman tilidan foydalanish imkoniyati yaratilgani, diniy eʼtiqod erkinligi taʼminlangani, madaniy va diniy yodgorliklarning muhofazasi taʼminlangani aytilgan.

19-sentyabr kuni Ozarbayjon hukumati Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash bo‘yicha aksilterror choralari”ni e’lon qildi va tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tuta boshladi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi — uning shartlaridan biri Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish edi.

28-sentyabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi prezidenti Samvel Shahramanyan 2024-yil 1-yanvardan respublika tugatilishi haqidagi farmonni imzoladi.

Armaniston rasmiylariga ko‘ra, 100 mingdan ortiq etnik armanlar Qorabog‘ni tark etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »