Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq prezidentlari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyanni qo‘lga oldi. Bu haqda APA xabar berdi.



Ular bilan birga respublika parlamentining sobiq spikeri David Ishxanyan ham hibsga olingan. Ayblanuvchilar ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida Bokuga olib kelingan. Tergov qaysi moddalar bo‘yicha olib borilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Arkadiy Gukasyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining ikkinchi prezidenti bo‘lib, uni 1997-yildan 2007-yilgacha boshqargan. Uchinchi prezident Bako Saakyan 2007- yildan 2020-yilgacha ushbu lavozimni egallagan.

  • 19-sentyabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy operatsiya o‘tkazdi, shundan so‘ng tan olinmagan respublika 2024-yil 1-yanvarda o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 100 mingdan ortiq etnik armanlar hududni tark etdi.
  • 27-sentyabr kuni tan olinmagan respublika hukumatining sobiq rahbari, milliarder Ruben Vardanyan Qorabog‘dan chiqib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Ertasi kuni u hibsga olindi va bir qancha jinoiy ayblovlar, jumladan, terrorizmni moliyalashtirish, noqonuniy qurolli guruhlar tuzish va faoliyatida ishtirok etishda ayblandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »