Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjonning harbiy amaliyoti va tan olinmagan respublika aholisining ommaviy ko‘chib ketishidan so‘ng Qorabog‘da 50 dan 1000 gacha etnik armanlar qoldi. Bu haqda hududga tashrif buyurgan BMT missiyasi ma’lum qildi.

Foto: “TASS”

BMTning Ozarbayjondagi doimiy koordinatori Vladanka Andreyeva boshchiligidagi missiya 30 yil ichida birinchi marta Qorabog‘ga keldi. BMT xodimlari Agdamdan Xankendiga (Stepanakert) tashrif buyurdi.

“Missiya tashrif buyurgan shahar qismlarida fuqarolik jamoat infratuzilmasi, jumladan, shifoxonalar, maktablar va turar-joy binolari, madaniy va diniy obidalarga hech qanday zarar yetkazilmagan”, — deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, missiya “mahalliy aholining uylarini qanchalik tez tark etgani va ular boshdan kechirgan azob-uqubatlardan” hayratda ekanini bildirdi. 

19-sentyabr kuni Ozarbayjon hukumati Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash bo‘yicha aksilterror choralari”ni e’lon qildi va o‘zini o‘zi e’lon qilgan respublika hududini o‘qqa tuta boshladi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olindi va 28-sentyabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Samvel Shahramanyan farmonga imzo chekdi, unga ko‘ra “respublika” 2024-yil 1-yanvardan o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

3-oktyabr kuni Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan Qorabog‘dan  Armanistonga 100 625 etnik arman ko‘chib kelganini ma’lum qildi. Konflikt boshlanishidan oldin “respublika” aholisi 120 ming kishiga baholangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »