Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hukumatining sobiq rahbari Ruben Vardanyanning to‘rt nafar farzandi dunyo yetakchilari, huquq faollari va ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, otasini ozod qilishda yordam so‘radi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “Kommersant”
“Biz otamizning hududdagi siyosiy mojaroning navbatdagi qurboni bo‘lishini istamaymiz. Uning vazifasi har doim bu mojaroning keskinligini pasaytirish va o‘nlab yillar davom etgan janjalni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘lgan. Otamiz gumanist va hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan”, — deb yozadi Vardanyanning farzandlari otalarining Telegram kanalida.

Shuningdek, ular Vardanyan sharofati bilan Shushadagi cherkovlar va sobor masjidi tiklanganini aytgan.

“Otamiz va boshqa mahbuslar ozod qilinmaguncha tinchlana olmaymiz. U hech qachon bizga qaytib kelmasligi va uni boshqa ko‘rmasligimiz xavfi kundan-kunga ortib bormoqda”, — deydi ular.

Bolalar otasi hibsga olinganidan beri u bilan bog‘lanish imkoniga ega bo‘lmaganliklarini qo‘shimcha qildi. 

“Biz unga qanday munosabatda bo‘lishayotganini bilmaymiz va uning hayoti va sog‘lig‘idan qo‘rqamiz. Sizni otamiz va barcha nohaq qamoqqa olingan armanlarning huquqlarini himoya qilishga, ularni zudlik bilan va shartsiz ozod qilishga chaqiramiz. Hech kim o‘z e‘tiqodi, dini yoki millati uchun ta‘qib qilinmasligi yoki erkinligidan mahrum etilmasligi kerak”, — deb xulosa qilgan Vardanyanning farzandlari.

Ruben Vardanyanning hibsga olinishi

Ozarbayjon chegara xizmati Ruben Vardanyanni 27-sentyabr kuni Qorabog‘dan Armanistonga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga oldi. Unga bir qancha jinoiy ayblovlar, jumladan, terrorizmni moliyalashtirish, noqonuniy qurolli guruhlar tuzishda ayblangan.

Ruben Vardanyan “Troyka Dialog” investitsiya kompaniyasining sobiq egasi, “Skolkovo” biznes maktabi asoschisi. 2021-yilda Forbes jurnali uning boyligini bir milliard dollarga baholagan, u Rossiyaning 200 ta eng boy odami ro‘yxatiga kiritilgan.

2022-yil sentyabrida Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechgani va Qorabog‘ga ko‘chib o‘tganini ma’lum qilgandi. U barcha rus aktivlarini oilaviy jamg‘armaga o‘tkazgan. 4-noyabr kuni u tan olinmagan respublika hukumati rahbari lavozimini egallagan va u yerda uch yarim oy ishlagan. 2023-yil fevral oyi oxirida Vardanyan o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »