Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Harbiy harakatlar boshlanganidan beri Ukrainaga yordam hajmi minimal darajaga yetdi, deb yozadi Bloomberg Kil universiteti qoshidagi Jahon iqtisodiyoti instituti tadqiqot ma’lumotlariga tayanib.

Avgustdan oktyabrgacha yordam hajmi 2,3 milliard dollarga tushdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizga kam degani. Bu miqdor 2022-yil yanvaridan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deya xabar beradi agentlik.

Foto: Unian.ua

Bloomberg’ning qayd etishicha, Ukraina AQSH, Germaniya, Skandinaviya davlatlari va Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlarining moliyaviy ko‘magiga tobora ko‘proq qaram bo‘lib bormoqda. Agentlikning qayd etishicha, tadqiqot hisoboti AQSH Senati Ukraina va Isroilga 110 milliard dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini bloklaganidan keyin paydo bo‘lgan.

Bir kun avval AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressni zudlik bilan Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni ma’qullab, partiyalararo kelishmovchiliklarni chetga surib qo‘yishga chaqirdi. 4-dekabr kuni AQSH Davlat departamenti spikeri Metyu Miller Ukrainani moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘ning 97 foizi sarflanganini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »