Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumati AQSH Senatining Kiyevga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullashdagi qiyinchiliklari fonida G‘arb qurollaridan voz kechib, o‘z qurollarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Shu bilan birga, nashrga ko‘ra Ukrainada qurol-yarog‘ sanoatini tiklash uzoq yillarga cho‘ziladi va G‘arb ishlab chiqaruvchilari bu mamlakatda eng zamonaviy qurollarni yaratishi dargumon.

Foto: Reuters

Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin, o‘z navbatida, 7-dekabr kuni Ukraina va AQSH o‘rtasida 155 millimetrli snaryadlarni qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etish kamida ikki yil davom etishini va uni 2024-yilda ishga tushirishning iloji yo‘qligini aytdi.

“Amerika kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish kamida ikki yil davom etadi, shuning uchun biz 2024-yilda natijaga erishishimiz haqida gapirmayapmiz”, — dedi u.

Kamishin shuningdek, Ukrainada ishlab chiqarishni joylashtirish Amerika mudofaa-sanoat kompaniyalari uchun xavf ekanligini tan oldi.

Avvalroq Reuters Kiyev so‘ragan harbiy texnikaning yangi ro‘yxati bilan bo‘lishdi. Ukraina Mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlardan boshqa narsalar qatorida THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, F-18 Hornet samolyotlari, Apache va Black Hawk vertolyotlari, shuningdek, C-17 Globemaster va C-130 Hercules harbiy transport samolyotlarini taqdim etishni so‘radi. Shu bilan birga, AQSH rasmiylari Ukraina Qurolli kuchlariga yangi moliyaviy yordam paketini taqdim etish bo‘yicha haligacha kelisha olmayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »