Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikricha, Ukrainaga yordam berish Qo‘shma Shtatlarning “asosiy tashvishi” emas. Uning aytishicha, amerikaliklar birinchi navbatda o‘zlari haqida qayg‘uradilar.

“Amerikaliklar juda pragmatik odamlar va, tabiiyki, ularning asosiy maqsadi o‘z farovonligidir. Ukrainaliklar, aslida, AQSH uchun asosiy tashvish emasliklarini tushunishlari kerak. Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun asosiy tashvish har doim amerikaliklarning o‘zi bo‘lib kelgan, hattoki o‘sha ko‘p sonli ukrainaliklarning hayoti evaziga bo‘lsa ham”, — dedi Peskov.

Foto: “RIA Novosti”

Ukraina va Isroilga yordam uchun mablag‘ ajratish AQSHning 17-noyabrda tasdiqlangan vaqtinchalik budjetidan alohida ko‘rib chiqilmoqda. Oq uy ushbu maqsadlar uchun 106 milliard dollar ajratishni taklif qildi, shundan 61 milliard dollardan ortig‘i Kiyevga beriladi.

Ammo Respublikachilar partiyasi vakillari Ukraina va Isroilga yordam berish qaroriga qo‘shilmadi, oqibatda bu masala hozircha ochiq qolmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »