Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamurodov bugungi kunda aholi orasida imkon qadar davlatdan foydalanib, ishlamasdan pul olishga urinayotganlar borligini aytdi. “Shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor”, deydi hokim “Daryo” jurnalisti bilan suhbatida. 

Og‘ir bo‘lsa-da, aytish kerakki, shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor. Muhtaram yurtboshimizning “Odamlarga baliq emas, qarmoq berib, o‘z rizqini topishga o‘rgataylik”, degan gaplari bor. Biz imkon qadar ular bilan ishlab, to‘g‘ri yo‘nalish bersak, bunaqa toifadagi insonlar ham kamayadi, — deydi hokim.
Abdumalik Allamurodov.
Foto: “Daryo”

Bandixon tumani hokimining qo‘shimcha qilishicha, hokimning sayyor qabulida ham imkon qadar ishlamay, davlatdan moddiy manfaat ko‘rishga urinayotganlar uchraydi. Hokimning tan olishicha, aholini moddiy ta’minlash borasida tuman respublika miqyosida eng yuqori o‘rinlarda turadi. 

Foto: “Daryo”
Tumanimizda 18500 ga yaqin oila bo‘ladigan bo‘lsa, 2023-yilning o‘n oylik ko‘rsatkichlariga qaraganimizda 8100 dan ortiq oila har oy davlatdan bir yoshgacha, ikki yoshgacha va 18 yoshgacha bolalar puli va moddiy yordam olishi ma’lum bo‘ldi. Bunday yordamga muhtoj oilalar jami oilalarning 40 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilar ekan, — deydi Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamurodov.
Foto: “Daryo”

Hokimning aniqlashtirishicha, aynan shu oilalarga moddiy yordam berish uchun oyiga respublika budjetidan 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. 

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov murojaatchi fuqarolardan birining xonadoniga borib, mehnatga layoqatli, zabardast yigitning ishlamay, “davlatning qo‘liga qarab yotganiga” guvoh bo‘lganini, uning uyiga haqiqiy muhtoj degan ma’noda bozor-o‘char qilib borganidan uyalib ketganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »