Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o‘tkazildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Kadr: YouTube / Elmurod Muqimov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmiga ko‘ra, Otabek Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari)ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 4-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuror unga 11 yil qamoq jazosi tayinlanishini so‘ragandi.

Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini ma’lum qilgandi. Advokatning apellyatsiya ishini Surxondaryo viloyatidan boshqa viloyatga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnomasiga asosan apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rildi.

Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi 29-iyun kuni boshlangandi. Sudlanuvchining advokati Umidbek Davlatovning ma’lum qilishicha, Bahodir Aliqulov raisligidagi sudyalar hay’ati o‘z qarori bilan bloger bo‘yicha hukmini o‘zgartirmagan. Ammo sudya blogerga Termizda sotib olgan ikki xonadonini qaytarib berish bo‘yicha hukm chiqargan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi tomonidan 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Otabek Sattoriyning ishi to‘g‘risida hukm chiqarilgan. Unga ko‘ra, Sattoriyga nisbatan tayinlangan 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘z kuchida qoldirilgan.

Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash jazoni o‘tash tartibi qanday?

Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va:

  • og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan mahkumlar;
  • o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tagan mahkumlar o‘tkaziladi.

Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan bo‘sh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida o‘tkazilishi mumkin.

Manzil-koloniya hududidan tashqarida harakatlanish chegaralari mahkumlarga tilxat olinib, ma’lum qilinadi va tilxat ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.

Mahkumlar xonalarga bo‘lingan yotoqxonalarda yashaydilar. Mahkumlarning ismi va otasining ismi bosh harflari hamda familiyasi yozilgan ro‘yxat xonalar eshigining tashqi tarafiga osib qo‘yiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »