Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har qanday cheklovlar, shu jumladan telefon bilan bog‘liq bo‘lganlari ham judayam muammoli emas, ammo bu bolalarning salomatligi va rivojlanishi uchun muhimdir. Ota-onalar nazoratini tashkil etish oson ish emas. Bu bolaning hayotini qulay qilish uchun ko‘proq e’tibor va samimiy istakni talab qiladi. Shuning uchun vahima qilmasadan sabr-toqat va mehr bilan harakat qilish muhimdir. Agar siz masalaga xotirjamlik bilan yondashsangiz, to‘g‘ri muvozanat albatta tiklanadi.

Ochiqchasiga gaplashing

 
 
Foto: Getty Images

Hozirgi vaziyatni birgalikda muhokama qilish orqali o‘g‘lingiz yoki qizingizni smartfonga nima jalb qilishini tushunishga harakat qiling. Ehtimol, bolada reallikdan uzoqlashishning yashirin sabablari bordir: bular zerikish, stress, ota-onalarning e’tiborsizligi yoki tengdoshlari bilan nizolar bo‘lishi mumkin.

Qoidalar o‘rnating

Farzandingiz bilan har kuni ekran ortida qancha vaqt o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida xotirjam kelishib oling. Qurilmalardan tez-tez foydalanish xavfi, bu salomatlikka qanday ta’sir qilishi haqida gaplashing. Gadjet o‘ynash uchun ma’lum bir vaqt ajrating. Shuningdek, telefon taqiqlangan holatlarni, masalan, dars paytida yoki yotishdan oldin belgilash ham muhim. Siz taqiqni oilaviy o‘yinga aylantirishingiz mumkin. Misol uchun, uyda “gadjetsiz” zonalarni yarating. Bu oshxona yoki yotoqxona bo‘lishi mumkin. Taqiq hamma uchun — bolalar bilan bir qatorda kattalar uchun ham amal qilishi shart.

Foto: Getty Images

Farzandingizning internetdagi faolligini kuzatib boring

Farzandingizdan telefonida nima qilishini so‘rang: u qanday ilovalardan foydalanadi, qaysi saytlarga kiradi, qanday ma’lumotlarni qidiradi. Xavfsizlik qoidalari haqida gapiring va bolaning ularga qanchalik rioya qilishini tahlil qiling. Internetda nima qilayotganidan xabardor bo‘lish juda muhim. Ota-onalar farzandlariga internetdan nafaqat xavfsiz, balki foydali narsalarni o‘rganishga yordam berishlari kerak.

Muqobil faoliyat turlarini taklif qiling

Agar o‘g‘lingiz yoki qizingiz gadjetga juda qattiq bog‘langan bo‘lsa, ularga boshqa qiziqishlarni toping. Muqobil variantni taklif qiling - ochiq havodagi o‘yinlar, sport, kitob o‘qish, sevimli mashg‘ulotlar yoki do‘stlaringiz yoki oilangiz davrasida shunchaki qiziqarli vaqt o‘tkazish. Bola har doim virtual do‘stidan ko‘ra ota-onasi, aka-uka yoki opa-singillari bilan jonli muloqot qilishni afzal ko‘radi. Ammo bizda buning uchun har doim ham bo‘sh vaqt va xohish bo‘lmaydi. Bunday hollarda farzandingiz uchun muhim narsani qurbon qilish qobiliyatingizga bog‘liq — bo‘sh vaqtingiz, sevimli teleserialingiz, tig‘iz ish jadvalingizdan ortib, ularga vaqt ajrating.

Foto: Getty Images

Texnologik “oyna” yarating

Gadjetlarni butunlay taqiqlash o‘rniga farzandingiz telefon yoki internetda bemalol vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lgan kun tartibida ma’lum intervallarni yarating. Masalan, 30 daqiqa vaqt ajrating. Uy vazifasini bajarganidan so‘ng yoki tushlikdan keyin video tomosha qilish, sevimli o‘yinlarini o‘ynash va ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish imkonini bering.

Foto: Getty Images

O‘zingiz o‘rnak bo‘ling

Agar ota-onalar doimiy ravishda internetda ishlasa yoki telefonfdan bo‘shamasa, bolada ham xuddi shunday odat paydo bo‘ladi. O‘zingiz faol hayot tarzini olib borishga harakat qiling va elektron qurilmalardan foydalanishni cheklang. Bolalarga dam olish va bo‘sh vaqtni o‘tkazishning boshqa usullari mavjudligini, ijtimoiy aloqalar va haqiqiy dunyoda jonli muloqot juda muhimligini ko‘rsating. Shaxsiy o‘rnak - eng samarali dalil, eng yaxshi yordam.

Foto: Getty Images

Uy hayvoni boqing

Bu samarali, ammo juda muammoli usul. Avvalo bolalarga uy hayvonlari o‘yinchoq emas, balki katta mas’uliyat ekanligini tushuntirish kerak. Chunki bu usul faqat uy hayvonini parvarish qilish bolaga ishonib topshirilgan taqdirdagina ishlaydi. U uy hayvonini boqishi kerak, agar kerak bo‘lsa, u bilan sayr qilishi, unga qarashi va g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Bu nafaqat unda mas’uliyat hissini uyg‘otishga, balki ijtimoiylashishga ham yordam beradi. Farzandingizning kichik do‘stiga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga shubha qilsangiz, do‘stlaringizdan uy hayvonini vaqtinchalikka olib turing va u mas’uliyatga qanday munosabatda bo‘lishini kuzating.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »